Rasman: Kay Xavertc - "Arsenal" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
29 iyun 2023, 00:40
Yarim himoyachi Kay Xavertc "Chelsi"dan "Arsenal"ga o'tdi.

U yangi klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Oldinroq berilgan ma'lumotlarga ko'ra, "Arsenal" transfer uchun 60+5 million evro to'laydi. Kay Xavertc "Arsenal"da 29-raqam ostida harakat qiladi. 

Eslatib o'tamiz, germaniyalik futbolchi 2020 yilda 90 mln evro evaziga "Chelsi"ga o'tgandi. O'tgan mavsumda u APLning 35 o'yinida qatnashib, 7 gol va 1 assist qayd etgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: .arsenal.com