Rasman: Eldorbek Suyunov - “Navbahor” futbolchisi!

Omonjon To`xtamirzayev
29 iyul 2024, 17:15
Tajribali darvozabon Eldorbek Suyunov “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi.

"Biz Eldorbek Suyunovga “Navbahor”dagi faoliyatida omad yor bo'lib, “lochinlar”ning g'alabalariga munosib hissasini qo'shishiga tilakdoshmiz", deb yozadi "Navbahor" PFK matbuot xizmati.

Eslatib o'tamiz, avvalroq "lochinlar" kiperi O'tkir Yusupov "Fulad" safiga ko'chib o'tgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: "Навбаҳор" ФК матбуот хизмати