Rasman: De Rossi A Seriya klubida ish boshladi

Sherzod Nurmatov
6 noya 2025
"Jenoa"Daniele De Rossi jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini e'lon qildi.

Italiyalik mutaxassis Patrik Vieyraning o'rnini egalladi.

42 yoshli De Rossining so'nggi murabbiylik lavozimi "Roma" bo'lib, u Rimdan 2024 yil sentyabrida ketgandi. Shuningdek, u SPALni boshqargan va Italiya terma jamoasida texnik rivojlanish bo'yicha murabbiy bo'lib ishlagan.

"Jenoa" 10 ta o'yindan so'ng A Seriya turnir jadvalida 6 ochko bilan 18-o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: genoacfc.it