Rasman: "Chelsi" futbolchisi boshqa klubga o'tdi

Alisher
2 iyul 2019, 14:15
Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi Tomash Kalash "Bristol Siti"ga o'tdi.

Kalash klub bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekdi. Chexiyalik futbolchi 2010 yilda "Sigma"dan "Chelsi"ga o'tgan edi. Londonliklar shundan keyin uni "Sigma", "Vitess", "Kyoln", "Midlsbro", "Fulxem" va "Bristol Siti" klublariga ijaraga bergan.

Futbolchi 2012 yildan buyon Chexiya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/bristolcity