

Rossiya jamoasining ochiq sahifalarida Qozog'iston terma jamoasi futbolchisi taqdimoti aks etgan video paydo bo'ldi.
Ma'lumki, Zaynutdinov yangi klubida 19-raqam ostida maydonga tushadi.
"27 yoshli himoyachi bilan shartnoma 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Qozog'iston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar klubimiz safida 19-raqam ostida to'p tepadi", – deyiladi Moskva klubi xabarida.
Avvalroq Zaynutdinov tibbiy ko'rikdan o'tgan va transfer yakuniy bosqichda ekanligi haqida xabar berilgan edi.



