Rasman: "Barselona" yarim himoyachisi jamoadan ketdi

Mirjalol Normatov
4 yanv 2019
"Guanchjou Evergrand" "Barselona"dan Paulinoning sotib olinganligini ma'lum qildi.

Transfer summasi oldinroq ma'lum qilinganidek 50 million evro emas 42 million evroni tashkil qildi.

Xitoy jamoasi braziliyalikni o'tgan yozda sotib olish sharti bilan ijaraga olgandi. Bu mavsumda u jamoasi tarkibida 19 o'yinda qatnashib, 13 gol urdi..

Paulino 2015-2017 yillar davomida "Guangjou Evergrand"da harakat qilib, keyinchalik 40 million evro evaziga "Barselona"ga o'tgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal