

La Liga Madriddagi ob-havo sharoiti tufayli shunday qarorga keldi. Qor yog'ishi sabab maydonda optimal o'yin sharoitlarini taminlash imkonsiz deb topildi.
O'yinning o'tkazilish sanasi keyinroq ma'lum qilinadi. Oldinroq, qor bo'roni "Atletik" samolyotining Madridga qo'nishiga halaqit bergan va klub Bilbaoga qaytib ketgandi.
Madridda 20 smgacha yog'incharchilik bo'lishi kutilmoqda. Shaharda qizil ogohlantirish darajasi e'lon qilindi.
→ "Atletik" samolyoti noqulay ob-havo sabab Madriddan Bilbaoga qaytib ketdi
→ "Real" futbolchilari bo'ron tufayli samolyotda qolib kyetishdi




