Rasman: Amad Diallo shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
10 yanv 2025, 01:00
Amad Diallo "Manchester Yunayted" bilan yangi shartnoma imzoladi.

Ivuarlik futbolchi bilan yangi kelishuv 2030 yilga qadar davom etadi. Amad 2021 yilda jamoa tarkibiga kelib qo'shilgan va shundan keyin u jamoa tarkibida 50 o'yinda qatnashib, 9 gol urdi.

"Klub bilan yangi shartnoma imzolaganimdan mamnunman. Bu yerda allaqachon unutilmas onlarni o'tkazdim. Bu yerdagi maqsadlarim juda katta, MYU bilan tarix yaratmoqchiman", - dedi Amad.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: manutd.com