Rasman: Abraxam yana "Roma"dan ketdi, bu safar butunlayga

Mirjalol Normatov
3 iyul 2025
Temmi Abraxam Turkiya sari yo'l oldi.

"Roma"ga tegishli 27 yoshli hujumchi "Beshiktosh" bilan to'rt yillik shartnoma imzolaydi. Turk klubi futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga oldi.

"Beshiktosh" futbolchining ikki yillik ijarasi uchun 2 milliondan 4 million evro to'lasa, shu muddatdan keyin uni sotib olish uchun 13 million evroni "Roma" hisobiga o'tkazadi.

O'tgan mavsumda Abraxam "Milan"da ijarada o'ynadi va A Seriyaning 28 o'yinida 3 gol va 4 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: bjk.com.tr