

Sergey Tokov boshchiligidagi jamoa a'zolari Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini olib bormoqda. Termizliklar safiga bir qator futbolchilar kelib qo'shilganini takidlash joiz. Xususan,jizzaxlik yarim himoyachi Sanjar Rashidov va "Olimpik" futbolchisi Doston Tursunov bugun bo'lib o'tgan mashg'ulotda qatnashdi.

Ma'lumot uchun, Sanjar Rashidovning Superligadagi so'nggi jamoasi "Bunyodkor" bo'lib, o'tgan mavsum birorta klub safida ko'rinish bermagan edi. Doston Tursunov 2022 yil Superligada 21 ta o'yinda ishtirok etgan va 2 ta golli pas bergan. Bu haqida kecha saytimiz orqali ham xabar bergan edik.
Eshitdik-da! "Olimpik" asosiy himoyachisi faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi



