Rahmatullo Fuzaylov “Istaravshan” bosh murabbiyi

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2021
Taniqli sobiq futbolchi Rahmatullo Fuzaylov yaqinda “Istaravshan” jamoasini qabul qilib oldi.

Tojikistonlik 42 yoshli murabbiyni muxlislar yaxshi bilishsa kerak, ilgari futbolchi sifatida mamlakatimizda “Neftchi”, Dinamo” va “Buxoro” jamoalari sharafini himoya qilgan.

Taniqli murabbiy Hakim Fuzaylovning ukasi bo'lgan Rahmattilo murabbiylikka o'tgach, bungacha Tojikistonning bir nechta jamoalarini boshqardi. Xususan, “SSKA”, “Ko'ktosh”, “Ravshan” (Zafarobod) shular jumlasidandir.

Shuningdek “Istaravshan”ning yangi bosh murabbiyi U-19 Tojikiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyining yordamchisi ham hisoblanadi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia