Pukki Finlyandiyada "Yil sportchisi" deb topildi

Alisher
17 yanv 2020
"Norvich" va Finlyandiya terma jamoasi forvardi Teemu Pukki yurtida yilning eng yaxshi sportchisi bo'ldi.

Pukki 2019 yilda Finlyandiyaning Evro saralashidagi muvaffaqiyatlariga o'z hissasini qo'shdi va jamoa asosiy musobaqaga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Vaholanki, Finlyandiya bilan bir guruhda Daniya, Rossiya va Belgiya kabi kuchli terma jamoalar bor edi.

29 yoshli forvard joriy mavsum "Norvich" safida APLning 21 o'yinida maydonga tushib, 9ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Huuhkajat