Pukki Finlyandiya terma jamoasi ham sermahsullik ko'rsatmoqda

6 sen 2019, 09:50
Finlyandiya terma jamoasi Evro-2020 saralashidan o'rin olgan Gretsiyaga qarshi o'yinda 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Yagona golni esa 52-daqiqada Teemu Pukki urdi. 29 yoshli futbolchi shu tariqa “Norvich” va Finlyandiya safidagi so'nggi 8 ta o'yinida jami 10 ta gol urishga erishdi. Qayd etish kerak, Pukki APLda ayni damda 5 ta gol bilan to'purarlar bahsida 6 ta gol urgan Serxio Aguerodan keyin ikkinchi o'rinni egallab turibdi.


Manba: Championat.asia