

"France Bleu Paris" nashri ma'lumotiga ko'ra, klub yil yakuniga qadar stadionida bannerlar ko'tarilishiga yo'l qo'ymaydi. Bunga oldinroq muxlislar tomonidan "Free Palestine" banneri ko'tarilgani sabab bo'ldi.
Keyinchalik klubdagilar rasmiy bayonot sifatida muxlislar tomonidan bunday harakatlar chiqarilishini bilishmaganini aytishdi. Fransiya futbol federatsiyasi bilan uchrashuvdan keyin klub o'yin oldidan ko'tariladigan bannerlar tekshiruvini kuchaytiradigan bo'ldi.
Umuman olganda siyosiy bannerlarni ko'tarishni UEFA o'z turnirlarida taqiqlaydi. Bu klubga turli sankciyalar qo'llanilishiga sabab bo'ladi.



