PSJ Barkolani sotib oldi

Omonjon To`xtamirzayev
1 sen 2023
"Pari Sen-Jermen" "Lion" futbolchisi Bredli Barkolani sotib oldi.

20 yoshli futbolchi bilan 2028 yilgacha shartnoma imzolangan.

"Lion" tarbiyalanuvchisi hisoblangan Barkola asosiy jamoa safida 2021/22-yilgi mavsumda debyut qilgan va o'sha yili 14 o'yinda maydonga tushgan.

O'tgan mavsum esa u umumiy hisobda 31 ta o'yinda maydonga tushgan va 7 ta gol urib, 10 ta golli uzatma etkazib bergan.

Eslatib o'tamiz, avvavlroq PSJ "Lion" vingeridan voz kechgani haqida xabarlar paydo bo'lgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: psg.fr