PFL normativ testlarini topshira olmaganlarning biri "Neftchi"dan

Aslanov Jasurbek
1 mar 2018
"Neftchi" hujumchisi Murod Bobojonov PFL normativ testlaridan o'tolmagani uchun Superliganing dastlabki turini o'tkazib yuboradi.

Bizga ma'lum bo'lishicha, Bobojonov Superliga boshlanishi oldidan topshirilgan normativ testdan o'tolmagan.
Shu boisdan hujumchi "Nasaf"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Futbolchi 2-tur oldidan qayta test topshiradi.

Eslatib o'tamiz, PFL bunga qadar 16 nafar futbolchi normativ testlardan o'tolmaganini e'lon qilgandi. Ammo futbolchilarning nomi oshkor qilinmagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia