

Eshitishimizga qaraganda, Aliev "Bunyodkor"ni tark etgan. Klubning boshqa poziciyalarida ham yaqin vaqt ichida o'zgarishlar yuz berishi kutilmoqda.
Shu kungacha klub, akademiya va stadion uchta alohida bo'linma sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Endilikda ushbu tuzilmalar yagona tizimga birlashtirilib, ish faoliyati to'liq tartibga solinishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, klub bosh homiyi bo'lgan "Uzbekneftgaz" rahbariyatida ham o'zgarishlar ro'y bergan edi.



