

"Yanvar – klublar uchun muhim davr, shu oyda transfer oynasi ochiladi. Agar pul bo'lsa, "Arsenal" o'rta chiziqni kuchaytirishi lozim. Bizga Tilemans kerak", – dedi Parlor.
25 yoshli yarim himoyachining "Lester" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.
Tilemans joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



