

"Palmeyras" "Atletiko Mineyro" bilan javob o'yinida durang (1:1) o'ynay oldi. Mezbonlardan golga Vargas, mehmonlardan esa Dudu mualliflik qildi.
Birinchi o'yin 0:0 hisobida yakunlandi. Shunday ekan, Janubiy Amerikada bekor qilinmagan mehmon goli qoidasiga ko'ra "Palmeyras" finalga yo'l oldi.
Ikkinchi finalchi "Barselona" (Ekvador) - "Flamengo" (Braziliya) juftligida ma'lum bo'ladi.



