"Palmeyras" - Libertadores Kubogining dastlabki finalchisi

Alisher
29 sen 2021
Libertadores Kubogida turning dastlabki finalchisi aniqlandi.

"Palmeyras" "Atletiko Mineyro" bilan javob o'yinida durang (1:1) o'ynay oldi. Mezbonlardan golga Vargas, mehmonlardan esa Dudu mualliflik qildi.

Birinchi o'yin 0:0 hisobida yakunlandi. Shunday ekan, Janubiy Amerikada bekor qilinmagan mehmon goli qoidasiga ko'ra "Palmeyras" finalga yo'l oldi.

Ikkinchi finalchi "Barselona" (Ekvador) - "Flamengo" (Braziliya) juftligida ma'lum bo'ladi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia