Paketa Manchesterga yo'l olishi mumkin

Alisher Ostonov
3 avg 2025
"Vest Xem" hujumkor yarim himoyachisi Lukas Paketa Xosep Gvardiola qo'l ostidagi klubga o'tishi mumkin.

"Manchester Siti" 27 yoshli braziliyalik garov o'ynashda ayblanib, oqlanganidan keyin yana uning nomzodiga qaytishi mumkin.

Bitim taxminan 57-68 million evroga tuzilishi mumkin. Eslatib o'tamiz, bundan avvalroq "shaharliklar" Paketaga qiziqish bildirayotgandi, ammo braziliyalikning garov o'yinida gumon qilgani uchun transfer amalga oshmadi.

Paketa o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 36 ta o'yinda maydonga tushdi va beshta gol muallifi bo'ldi. Futbolchining "Vest Xem" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Globo Esporte