O'zbekiston terma jamoasi Dubayda ikkita nazorat o'yinini o'tkazadi

Mirjalol Normatov
22 yanv 2026
Xabaringiz bor, ayni kunlarda O'zbekiston milliy terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazmoqda.

"Mazkur yig'in davomida murabbiylar shtabi tomonidan terma jamoaga nomzod futbolchilarning imkoniyatlarini sinovdan o'tkazish hamda ularning jismoniy holatini nazorat qilish rejalashtirilgan.

Mazkur yig'in FIFA kunlari doirasidagi rasmiy uchrashuvlardan tashqari reja asosida tashkil etilgan bo'lib, asosiy e'tibor futbolchilarni ko'rikdan o'tkazishga qaratilgan. 

Shu bois milliy jamoaning Xitoy milliy terma jamoasi hamda Urartu klubiga qarshi bahslari mashg'ulot uchrashuvi formatida o'tkaziladi. Mazkur o'yinlar yopiq eshiklar ortida bo'lib o'tadi", - deyiladi O'FA bayonotida.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: https://t.me/FAUzbekistan