O'zbekiston MTJ mashg'ulotlarga kirishdi

Sherzod Nurmatov
3 iyun 2024
O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun "Jar" stadionida Toshkentdagi mashg'ulotlarini boshladi.

Unda yig'inga jalb etilgan deyarli hamma futbolchilar qatnashishdi. 

Mashg'ulotlarda faqat Jaloliddin Masharipov ko'rinish bermadi. Ma'lumotlarga ko'ra, u ertadan boshlab yig'inga qo'shiladi. 



Ma'lumot uchun, milliy jamoa iyun oyidagi FIFA kunlarida JCH 2-saralash bosqichining so'nggi ikki uchrashuvida Turkmaniston va Eronga qarshi bahs olib boradi. Turkmaniston bilan o'yin 6 iyun kuni Toshkentda bo'lib o'tsa, Eron bilan uchrashuv 11 iyun kuni Tehronda o'tkaziladi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia