O'zbekiston Marokashga mag'lub bo'ldi

Khoja
1 fev 2024
Honda Midori boshchiligidagi O'zbekiston ayollar terma jamoasi Rabot shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib bormoqda.

Bugun terma jamoamiz Marokash termasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Marokashning ikkala goliga Gizlan Chebbak (24ʼ, 58ʼ) mualliflik qildi.

Marokash 2:0 O'zbekiston

Terma jamoamizning boshlang'ich tarkibi bilan tanishing: Jonimqulova,Asadova, Qudratqulova, Ablyakimova, Xabibullaeva, Shoyimova, Zoirova, Karachik, Ergasheva, Tojiddinova, Qo'chqorova.

Eslatib o'tamiz, jamoamizning Marokashga qarshi keyingi uchrashuvi 8 fevral kuni bo'lib o'tadi.


KhojaMuallif
Manba: https://t.me/FAUzbekistan