Osimxen faoliyatini "Yuventus"da davom ettirmoqchi

Alisher Ostonov
28 fev 2026
27 yoshli nigeriyalik hujumchi Viktor Osimxen faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Manbalarning takidlashicha, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar "Galatasaroy" nigeriyalik hujumchini A Seriya klubiga sotsa, "Napoli"ga 70 mln evrogacha jarima to'lashi kerakligi sababli murakkablashmoqda.

Osimxen joriy mavsum "Galatasar" safida 26 ta o'yinda maydonga tushdi. Hujumchining hisobida 16 ta gol va 5 ta golli uzatma bor.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport