O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston (U17) - Meksika (U17) - 0:2

Narzulla Saydullayev
2 okt 2013, 23:45
O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi 2 oktyabr kuni Ispaniyaning Marbelya shahrida start olgan xalqaro turnirda Meksika o'smirlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi 30 sentyabr - 4 oktyabr kunlari Ispaniyaning Marbelya shahrida bo'lib o'tadigan xalqaro turnirdagi ishtirokini davom ettirmoqda. O'smirlarimiz 30 sentyabr kuni Kot d‘ Ivuar bilan durang o'ynagandi - 0:0.

Endi Nuraliev shogirdlari 4 oktyabr kuni Argentina U-17 o'smirlariga qarshi maydonga tushadi.

Ispaniyadagi xalqaro turnir Nuraliev shogirdlari uchun oktyabr oyida boshlanadigan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati bahslari oldidan so'nggi tayyorgarlik vazifasini o'tab bermoqda.

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi BAAdagi mundialda "S" guruhida Xorvatiya, Panama va Marokash o'smirlari bilan bellashadi. Meksika esa "F" guruhida Nigeriya, Iroq va Shvetsiya jamoalar bilan kuch sinashadi.

BAAdagi mundial 17 oktyabr - 8 noyabr kunlari bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia