O'rtoqlik o'yini. Verner “Chelsi”dagi ilk golini urgan bahsda durang qayd etildi

Eldor Akmurzayev
29 avg 2020, 21:45
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan “aristokratlar” safarda “Brayton” bilan nazorat bahsini o'tkazib durang o'ynadi.

Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq Timo Verner raqib darvozasini ishg'ol etib, yangi jamoasidagi ilk golini urishga erishdi. Aytish joizki, mazkur golda Hakim Ziesh ham qatnashgan. Uning jarima maydoniga etkazgani to'pini Kallum Xadson-Odoi boshi bilan Vernerga uzatgandi.

Brayton - Chelsi - 1:1 (0:1)

Falmer o'yingohi

Gollar: Verner, 4 (0:1); Gross, 90 (1:1, P).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia