OFK klublar reytingini yangiladi. O'zbekiston kuchli o'nlikda

Aslanov Jasurbek
25 fev 2026
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) erkaklar klublari o'rtasidagi musobaqalarning 2025/2026 yilgi mavsum o'rtalaridagi reytingini (Mid-Season Ranking) e'lon qildi.

O'zbekistonning o'rni qanday?

Yangilangan reytingda O'zbekiston 46.6 ball bilan 10-o'rinni band etgan. E'tiborlisi, 9-pog'onada borayotgan Avstraliya hisobida ham aynan 46.6 ball mavjud. Vakillarimizning xalqaro maydondagi, xususan, "Neftchi" va "Paxtakor"ning turnirlaridagi ishtiroki kelgusida bu ko'rsatkichni yanada yaxshilashga xizmat qilishi mumkin.

Osiyoning eng kuchli 10 ta mamlakati:

Saudiya Arabistoni - 122 ball

Yaponiya - 109 ball

Janubiy Koreya - 85.5 ball

BAA - 74.2 ball

Eron - 68.9 ball

Qatar - 64.5 ball

Tailand - 58.7 ball

Xitoy - 49.4 ball

Avstraliya - 46.6 ball

O'zbekiston - 46.6 ball

Mintaqamizdagi vaziyat:

Markaziy Osiyo davlatlari orasida O'zbekiston peshqadamlik qilmoqda. Qo'shnilarimizdan Turkmaniston 19-o'rinda (25.8 ball), Tojikiston 23-o'rinda (21.6 ball) hamda Qirg'iziston 26-o'rinda (19.3 ball) qayd etilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-afc.com