

32 yoshli forvard Afrika millatlari kubogi uchun Kamerunga uchib keldi va koronavirusga test topshirdi. Natija esa musbat chiqdi.
Aytishlaricha, Gabon termasi a'zosi klubdoshlari bilan Dubaydagi kechada qatnashganidan so'ng unda virus qayd etilgan.
Shu tariqa, Gabon terma jamoasi AMK (Afrika millatlari kubogi)ni o'z sardori va yetakchisisiz boshlaydi. Gabonliklarning birinchi uchrashuvi Komor orollari milliy jamoasiga qarshi kechadi.



