"Nyukasl" "Manchester Yunayted" xavbekiga ko'z tikdi

"Nyukasl" urugvaylik 24 yoshli yarim himoyachi Manuel Ugarte bilan shartnoma imzolash haqida o'ylamoqda.

Ugartening MYU bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi. Futbolchi mavsumni muvaffaqiyatsiz o'tkazdi, urugvaylik qishki transfer oynasida klubni tark etmoqchi edi, ammo o'sha paytda klub bunga to'sqinlik qildi.

Insayderlarning takidlashicha, Ugartening yozda jamoani tark etishi ehtimoli yuqori.

Yarim himoyachi joriy mavsum klub safida 23 ta o'yinda maydonga tushdi.


Manba: CaughtOffside