"Nyukasl" "Inter" futbolchisini ijaraga oldi

Mirjalol Normatov
24 yanv 2020, 21:29
"Inter" yarim himoyachisi Valentino Lazaro faoliyatini APLda davom ettiradi.

23 yoshli futbolchi ijara asosida "Nyukasl"ga o'tdi.

Oldinroq Angliya matbuoti futbolchining 2 mln evro evaziga "Nyukasl"ga ijaraga berilishi va ushbu mavsum yakunlanganidan keyin APL klubi yarim himoyachini 20 mln evroga sotib olishi mumkinligini aytib o'tgandi.

Ushbu mavsumda Lazaro A Seriyada 6 o'yinda qatnashib, 1 golga assistent bo'ldi.

Qayd etish kerak, Lazaro "Nyukasl" tarixidagi ilk avstriyalik futbolchiga aylandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/NUFC