

Yil boshida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan yoshini kichaytirganlikda ayblanib, futboldan umrbod chetlashtirilgan Hasanov shundan so'ng hech bir jamoada ko'rinmay qolgandi. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, surxondaryolik futbolchi yaqinda Superliga ishtirokchisi “So'g'diyona” safiga borib qo'shilgan. Katta extimol bilan Nuriddin Hasanov mavsumning ikkinchi qismini Jizzax jamoasida o'tkazadi.
Bu bejiz emas albatta. Sababi “Bunyodkor” klubi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Nuriddin Hasanovning ilk murabbiyi Sergey Lushan bo'ladi. Sergey Ivanovich shogirdini o'z jamoasida ko'rishni istagani bois Hasanov yaqinda “So'g'diyona” mashg'ulotlarida ishtirok eta boshladi.



