Nkunku "Bavariya"ga o'tish arafasida

Sherzod Nurmatov
18 avg 2025
"Chelsi" hujumchisi Kristofer Nkunku faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin.

Manbaga ko'ra, 27 yoshli fransiyalik futbolchi "Bavariya" bilan shaxsiy kelishuvga erishgan.

Myunxen klubi futbolchini ijaraga olmoqchi, "Chelsi" esa futbolchini sotishni afzal ko'radi. Kelishuv formati bo'yicha kelishmovchiliklar tufayli klublar o'rtasidagi muzokaralar hamon faol bosqichda.

Nkunku "Chelsi"ga 2023 yilning yozida kelib qo'shilgandi, ammo jarohatlar tufayli cheklangan miqdordagi o'yinlarda qatnasha oldi. "Bavariya"da forvard yangi mavsum oldidan potencial hujumkor kuch sifatida ko'rilmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com