

Manbaning xabar berishicha, Italiya grandi 27 yoshli futbolchi uchun 20 million evro to'lashga tayyor turibdi. "Inter" uni potencial asosiy o'yinchi va uzoq muddatli rejalarining muhim elementi sifatida ko'rmoqda.
Ispaniya grandi taklifni ko'rib chiqmoqda. Madriddagilar bu narx jozibador ekanina ishonadi, ayniqsa, Luninning zaxira darvozaboni sifatidagi rolini hisobga olgan holda. Shu bilan birga, "Real" uning ishtirok etgan o'yinlaridagi barqarorligi va ishonchliligini qadrlaydi.
Lunin ushbu mavsum 11 o'yinda qatnashib, 21 ta gol o'tkazib yubordi va 1 marta qizil kartochka oldi.



