

Ivan Boshkovich shogirdlari kecha Antaliya yig'ini doirasidan o'rin olgan navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Rossiyaning "Pari NN" jamoasi raqiblik qilgan bahsda Jizzax klubi yirik 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Jamoaning yagona goliga legioner hujumchi Feysal Mulich mualliflik qildi.
"So'g'diyona"ning Turkiyada olib borayotgan o'quv-mashg'ulot yig'ini 20 fevralda yakunlanadi.



