Nazorat bahsi. "Dinamo" Armanistonning eng sovrindor jamoasini mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
11 fev 2026
Samarqandning "Dinamo" jamoasi Birlashgan Arab Amirliklaridagi yig'ini doirasida Armanistonning eng sovrindor klubi "Pyunik" ustidan ishonchli g'alabaga erishdi.

Vadim Abramov shogirdlari ikkinchi bo'limda raqib darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritishdi.

Xalqaro o'rtoqlik o'yini. Ajman (BAA)

"Pyunik" (Armaniston) - "Dinamo" (O'zbekiston) - 0:3

Gollar: Firdavs Abdurahmonov 52' (0:1), Anvarjon Hojimirzaev 65' (0:2), Xislat Xalilov 74' (0:3).

Anvarjon Hojimirzaev dastlab Firdavs Abdurahmonovning goliga assistentlik qilgan bo'lsa, keyinroq o'z goli bilan hisobni oshirdi. Yakunda esa Xislat Xalilovning goliga ham zamin yaratib, o'yinni 1 ta gol va 2 ta golli uzatma bilan yakunladi.

"Dinamo" asosiy tarkibi: Ravshanbek Yagudin, Ulug'bek Abdullaev, Mahammadu Dembele, Jahongir O'rozov, Mauro Brazil, Til Mavretich, Akbar Xudoyberdiev, Nurillo To'xtasinov, Rasul Yo'ldoshev, Bektemir Abdumannonov, Mirjahon Mirahmadov.

Zaxiradan tushganlar: S. Qodirqulov, J. Jumaboev, D. Salou, J. Abdusalomov, F. Abdurahmonov, X. Xalilov, A. Amonov, A. Hojimirzaev, U. Hoshimov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати