

Unda "Al Hilol" "Al Adala" bilan to'qnash kelib, qiyin g'alabaga erishdi. Uchrashuvdagi yagona golga 45+2-daqiqada Abdulloh Al Hamdan muaflliflik qildi. Golli uzatmani yarim himoyachi Muhammad Kanno amalga oshirdi.
Ma'lumot uchun, "Nasaf" Elit OCHL 2-turida aynan "Al Hilol" bilan ro'baro' keladi. Bellashuv 29 sentyabr kuni 18:45 da boshlanadi.



