MYUning yangi murabbiyi Reshfordning kelajagi bo'yicha qaror qabul qildi

Sherzod Nurmatov
3 fev 2026, 19:19
Yulduz futbolchi faoliyatini qayerda davom ettiradi?

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik vinger Markus Reshfordning kelajagi bo'yicha bir qarorga keldi, deb xabar bermoqda "Mirror Football".

Manba ma'lumotlariga ko'ra, mutaxassis futbolchining MYUga qaytishini istaydi. Biroq u bu masalada faqat o'zi lavozimida qolgan taqdirdagina qatiy turishi mumkin.

Kerrik mankunianlar jamoasini mavsum oxirigacha boshqarib turibdi. Mutaxassisning "Old Trafford"dagi keyingi taqdiri jamoa sardori Brununing kelajagi kabi noma'lum.

Reshford joriy mavsumni ijara asosida "Barselona"da o'tkazmoqda. 28 yoshli o'yinchi ushbu mavsum barcha musobaqalarda 32 o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mirror Football