Murilo faoliyatini "Selta"da davom ettiradi

"Selta" kolumbiyalik himoyachi Jeyson Murilo bilan shartnoma imzolash arafasida turibdi.

Bu haqida "Sky Sports" nashri ma'lum qildi. 27 yoshli futbolchining transfer huquqi "Valensiya" klubiga tegishli. U o'tgan yilning birinchi yarmini ijara asosida "Barselona"da, ikkinchi yarmini Genuyaning "Sampdoriya" klubida o'tkazdi. Manbada aytilishicha, Vigoning "Selta" klubi himoyachi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib kelgan va allaqachon "Valensiya" bilan Murilo borasida kelishuvga erishga. Bo'lajak bitim shartlari hozircha oshkor qilinmadi.


Manba: Sky Sports