

Turkiya chempionatining 25-turi doirasidagi "Fenerbahche" va "Galatasaroy" o'rtasidagi o'yinda hisob ochilmadi. Ushbu bahsdan keyin "Fenerbahche" bosh murabbiyi Joze Mourinyu intervyuda "Galatasaroy" murabbiylarini maymunga o'xshab sakragani haqida gapirgan. Shundan keyin "Galatasaroy" bu ishni sudga oshirdi.
"Sky TG24" ma'lumotiga ko'ra, Turkiya futbol federatsiyasi Mourinyuni 4 o'yinga chetlatdi: ikkitasi irqchilik, ikkitasi zaxira hakamiga aytgan haqoratli gaplari uchun.



