Mourinyu diskvalifikaciya qilindi

Mirjalol Normatov
28 fev 2025
"Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourinyu rasizm sababli to'rt o'yinga chetlatildi.

Turkiya chempionatining 25-turi doirasidagi "Fenerbahche" va "Galatasaroy" o'rtasidagi o'yinda hisob ochilmadi. Ushbu bahsdan keyin "Fenerbahche" bosh murabbiyi Joze Mourinyu intervyuda "Galatasaroy" murabbiylarini maymunga o'xshab sakragani haqida gapirgan. Shundan keyin "Galatasaroy" bu ishni sudga oshirdi.

"Sky TG24" ma'lumotiga ko'ra, Turkiya futbol federatsiyasi Mourinyuni 4 o'yinga chetlatdi: ikkitasi irqchilik, ikkitasi zaxira hakamiga aytgan haqoratli gaplari uchun.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal