Mourinyo finaldan keyin: "Hakam ispaniyalik ekan"

Aziz Tukhtamuradov
1 iyun 2023
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Sevilya"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng o'z noroziligini bildirib o'tdi.

"Biz o'lar darajada charchadik, ammo o'zimizdan g'ururlanamiz. 

Bu yorqin, kurashlarga boy, erkaklarga xos futbol bo'ldi. O'yinni boshqargan hakam Entoni Teylor ispaniyalik bo'lib chiqdi. U muntazam ravishda sariq kartochkalar berdi. 

Adolatsizlik shundan iborat bo'ldiki, Lamela ham ikkinchi sariq kartochkani olishi kerak edi. Ammo unga sariq ko'rsatilmadi. Keyinroq esa u penaltilar seriyasida gol urdi", - dedi Mourinyo. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sky Sport Italia