"Monako" 19 yoshli vinger bilan shartnoma imzoladi

27 iyun 2020, 22:52
"Monako" matbuot xizmati "NEK Neymegen" klubi yarim himoyachisi Antoni Musaba bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi.

OAV xabarlariga ko'ra, 19 yoshli niderlandiyalik vingerning transferi monegasklar uchun 3 mln evroga tushgan.

Ma'lumot uchun, Musaba joriy mavsum Niderlandiya chempionatining ikkinchi divizionida 7 gol, 2ta golli uzatmaga mualliflik qilgan (25 o'yin).


Manba: France Football