MLS'ning 4 klubi Farfanni o'z safida ko'rmoqchi

Alisher
18 avg 2020
"Lokomotiv" (Moskva) sobiq forvardi Jefferson Farfan faoliyatini AQSHda davom ettiradi.

Amerika ligasining bir yo'la 4 klubi futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda ispan matbuoti xabar tarqatmoqda.

"Inter Mayami", "Monreal Impakt", "Nyu-York Siti" va "Portlend Timbers" klublari Farfan bilan shartnoma imzolashmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Farfan "temiryo'lchilar" safini tark etganidan so'ng erkin agentga aylangan edi.


AlisherMuallif
Manba: AS