

Shiddatli kechgan bahsda mehmonlar 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu uchrashuvda Lionel Messi dubl qayd etdi va jamoasining g'alabasiga munosib xissa qo'shdi.
Shu tariqa, "Inter Mayami" ochkolari sonini 15 taga etkazib, Sharqiy Konferenciyalar zonasida 2-o'ringa ko'tarildi. Messining o'zi esa joriy mavsum jami 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi.
MLS. 8-tur
“Kolorado Rapids” – “Inter Mayami” 2:3
Gollar: Navarro 58, Yapi 62 – Messi 18 penalti, 80, Berterame 45+5



