"Milan" "Tottenxem" himoyachisiga qiziqyapti

Sherzod Nurmatov
24 iyun 2024, 15:37
Emerson Royal "rossoneri"ning qiziqishini tasdiqladi.

Italiyaning "Milan" klubi "Tottenxem" himoyachisi Emerson Royalga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi Fabricio Romano.

Xabar qilinishicha, 25 yoshli Royalning o'zi "rossoneri" tomonidan tushgan qiziqishni tasdiqladi va "Milan" "Tottenxem"ga so'rov yuborgani haqida xabar berdi.

Emerson Royal joriy mavsum "Tottenxem" tarkibida 24 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano