Mikel Arteta: "Hakimi javob o'yinida gol urmasligi kerak edi"

Mirjalol Normatov
9 may 2025
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Artetaning fikriga ko'ra, YCHL yarim finalining birinchi o'yinida Ashraf Hakimi qizil kartochka olib maydonni tark etishi kerak edi.

"Arsenal" yarim finalning ikkala o'yinida ham PSJga (0:1 va 1:2) mag'lub bo'lib, finalga chiqa olmadi.

Londondagi uchrashuvning 87-daqiqasida parijliklar futbolchisi o'z jarima maydonchasi yonida Gabriel Martinellini yiqitdi. Garchi marokashlik futbolchida sariq kartochka bo'lsa-da, hakamlar unga ikkinchi sariqni berishni istashmadi. Uchrashuvni Slavko Vinchich boshqarib borgandi.

Javob o'yinida esa Hakimi 72-daqiqada gol urdi.

"Bizga qarshi o'ynagan Hakimi uchrashuvning so'nggi 10 daqiqasida maydonda bo'lmasligi, ikkinchi o'yinda esa umuman qatnashmasligi kerak edi.

Futbolda tasodifiy holatlar juda ko'p bo'ladi", - dedi Arteta.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia