Messi faoliyatidagi eng sovuq uchrashuvini o'tkazdi

Khoja
20 fev 2025
AQSHning Kanzas Siti shahrida KONKAKAF kubogining ilk bosqichida Inter Mayami Kanzas-Siti jamoasi mehmoni bo'ldi.

Uchrashuvning 56-daqiqasida Lionel Messi tomonidan kiritilgan yagona gol mehmonlarga g'alaba taqdim etdi. Uchrashuv vaqtida ob-havo -17 gradus sovuq bo'lgan. Shu tariqa, Messi faoliyatidagi eng sovuq uchrashuvini o'tkazdi.

Eslatib o'tamiz, ushbu uchrashuv aslida kecha bo'lib o'tishi lozim edi, biroq kecha ob-havo -20 gradusdan sovuq bo'lgani sababli turnir tashkilotchilari bahsni bir kun keyinga ko'chirgandi.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru