"Inter" BYD bilan hamkorlik qiladi

Sherzod Nurmatov
22 iyul 2025
"Inter" futbol klubi va avtomobil ishlab chiqaruvchi BYD kompaniyasi Yevropada rivojlanishga qaratilgan hamkorlik shartnomasi tuzdi.

Kelishuv 2028 yilgacha mo'ljallangan.

Mazkur hamkorlik doirasida kompaniya klub rahbariyati, murabbiylar shtabi va futbolchilari uchun 70 ga yaqin elektrokar va gibridlar etkazib beradi.

Shuningdek, "Inter" BYD Sealion 7 flagman elektromobilining eksklyuziv versiyasini oladi, keyinchalik u cheklangan miqdorda keng ommaga chiqariladi.

Bundan tashqari, klub muxlislari uchun BYD avtomashinalarini xarid qilish va ijaraga olish uchun maxsus dasturlar taqdim etilgan. Ushbu hamkorlik, shuningdek, DENZA premium brendini BYD'dan Yevropa bozoriga olib chiqishga yordam beradi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: byd.com