Mbappe "Barselona"ni kuzatib borar ekan

Aslanov Jasurbek
18 fev 2019, 11:39
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Kataloniyaning "Barselona" klubini kuzatib borishi ma'lum bo'ldi.

Gap shundaki, Bleacher Report nashri bir necha soat oldin ijtimoiy tarmoqlarga "Barselona" yaqin vaqt ichida ketma-ket 4ta o'yinnii kuchli jamoalarga qarshi o'tkazishi haqida surat joyladi.


Keyinroq PSJ "Tvitteri"ga rasm joyladi. Unda Mbappe jamoadoshi bilan ko'rishayotgani, ammo uning qo'lidagi telefonda "B/R Football"ning Kataloniya klubi haqidagi surati aks etib turgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: b/r football